"Real", MYU, "Tottenxem", "Napoli" va "Valensiya" fransiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Alisher
18 dek 2019, 13:23
"Lill" yarim himoyachisi Bubakari Sumarega bir necha Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda.

Hozirda 6-8 klub francuz jamoasi bilan 20 yoshli o'yinchining ehtimoliy transferini muhokama qilishmoqda.

2,5 yildan so'ng shartnomasi tugaydigan futbolchining transferi 50-60 million evroga baholanmoqda.

Sumarega qiziqayotganlar orasida "Real", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Napoli" va "Valensiya" klublari bor.

Sumare 2017 yildan buyon "Lill"da o'ynamoqda. U joriy mavsum Fransiya chempionatida 16ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Voix du Nord