"Real" muxlislarining yarmidan ko'pi Beylni 153 mln evroga sotgan bo'lardi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2014, 11:17
Ispaniyaning "AS" gazetasi muxlislarning Garet Beylga bo'lgan munosabatini aniqlash uchun, o'z o'quvchilari o'rtasida so'rov o'tkazdi.

Oldinroq futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgan va uning uchun 153 mln evro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan edi.

Muxlislar "Beylni shu pullarga sotgan bo'larmidingiz" degan savolga javob berishlari kerak edi.

So'rov natijalariga ko'ra, muxlislarning 53,75% bunga ijobiy fikr bildirgan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Qirollik klubi" Beylni faqat 1 mlrd evro evaziga qo'yib yuborishini ma'lum qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com