"Real Madrid"ning to'rt nafar futbolchisi "Barselona"ga qarshi o'yindan oldin safga qaytdi

Khoja
24 okt 2025, 07:55
"Real Madrid"ning bir nechta futbolchisi "Barselona"ga qarshi uchrashuvdan oldin jarohatdan qutilishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, himoyachilar Trent Aleksander-Arnold, Dani Karvaxal va Din Xyoysen, shuningdek, yarim himoyachi Dani Sebalos jarohatlaridan tuzalib, yakshanba kuni "Santyago Bernabeu"da "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok etishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi bahs 26 oktyabr kuni bizning vaqt bilan soat 20:15 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano