Real Madrid yulduzi jarohat oldi

Khoja
26 sen 2024, 08:53
Real klubi matbuot xizmati jamoa hujumchisi Kilian Mbappe safdan chiqqanini rasman e'lon qildi.

Kilian Mbappe Madrid klubining yaqin o'rtadagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Hujumchi son mushaklaridan jarohat olgan. U uch haftaga safdan chiqdi. Shu tariqa, u Atletiko, Lill va Valyadolidga qarshi o'ynamaydi.

Ma'lumot uchun, Mbappe La Ligada 7 o'yinda 5ta golga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com