"Real Madrid" yaqin kunlarda Mbappeni sotib olish uchun so'nggi marta urinib ko'radi

Оқил Абдубарноев
21 avg 2023, 02:02
Madridning "Real" klubi yaqin kunlarda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun so'nggi taklifni yuboradi.

Futbolchi uchun 120 million evro taklif qilinadi. Agar PSJ Mbappeni bu summaga sotishdan bosh tortsa, "Real" ushbu transfer variantiga kelgusi yozda, hujumchi erkin agentga aylangandagina qaytadi.

Avvalroq Mbappe Fransiya chempionati doirasida "Tuluza"ga gol urganidan keyin klubda qolishini aytgandi. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: AS