“Real Madrid” Suarezga haftasiga 250 ming funt taklif qilyapti

Tolibjon Qosimov
5 iyun 2014, 14:52
“Real Madrid” klubi “Liverpul” hujumchisi Luis Suarezni sotib olishga yana bir bor harakat qilmoqchi.
Ingliz OAVlarining ma'lumotiga ko'ra, Madrid klubi 27 yoshli futbolchiga haftasiga 250 ming funt to'lashga tayyor.

Suarezning bir necha marta bergan rad javobiga qaramasdan, Madrid klubi o'z hujum chizig'ini Suarez bilan to'ldirishga qaror qilgan. Futbolchi advokatining so'zlariga ko'ra, “Real Madrid” taklif qilayotgan puldan Suarezning bosh tortishi qiyin.
Ayni vaqtda futbolchi Urugvay terma jamoasi bilan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Uning jamoasi guruhda Angliya, Italiya va Kosta-Rika terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com