Real Madrid kelasi mavsum Karvaxalning o'rniga kimni olib kelishi ma'lum

Khoja
20 iyun 2024, 10:23
Real Madrid himoyachisi Daniel Karvaxal kelasi mavsum jamoani tark etishi mumkin.

Hozircha tomonlar yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar olib borishmadi. Qirollik klubi kelasi mavsum 32 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor va uning o'rniga PSJ himoyachisi Ashraf Hakimini ortga qaytarishni reja qilgan.

Ma'lumot uchun, Daniel Karvaxal Real Madrid tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida atigi bir yil Baer safida ijarada o'ynagan va qolgan davr davomida faqat Qirollik klubi safida o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com