"Real Madrid" futbolchisi jarohat sabab bir necha hafta maydonga tusha olmaydi

Administrator
23 fev 2024, 20:53
"Qirollik klubi"da yo'qotish.

"Real Madrid" klubi hujumchisi Xoselu jarohat oldi. El Chiringuito nashri bergan xabarga ko'ra Xoselu to'pig'idan jarohat olgan va uch hafta maydonga tusha olmaydi. Forvard YCHL doirasidagi "Leycpig"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bundan tashqari u La Ligadagi "Sevilya" va "Valensiya" qarshi bahslarda maydonga tushmaydi.

Ma'lumot uchun, ushbu mavsum Xoselu 35 ta o'yinda 13 ta gol va to'rtta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: El Chiringuito