"Real" Keyn uchun 80+20 mln evro taklif qilish mumkin. "Tottenxem" 130 mln talab qilmoqda

Administrator
7 iyun 2023, 23:57
London klubi o'z hujumchisini osonlikcha sotib yubormoqchi emas.

Karim Benzema "Al Ittixod"ga o'tganidan so'ng, "Real"ning asosiy transfer nishoni Xarri Keyn bo'lib turibdi. Avvalroq, "Qirollik klubi" Keyn uchun 80 mln evro berishga tayyorligi aytilgandi. Marca nashrining xabar berishicha, "Real" ushbu summaga bonus sifatida yana 20 mln evro qo'shishi mumkin. 

Bu taklif "Tottenxem"ni umuman qoniqtirmaydi. London klubi Xarri Keyn uchun 130 mln evro talab qilishmoqchi. 

Ma'lumot uchun, Keyn o'tgan mavsum APLda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol kiritishni uddaladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Marca