"Real" hujumchisi "Lion"ga o'tishga yaqin turibdi

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2017, 17:43
"Real" hujumchisi Mariano Dias Mexiya kelasi mavsum "Lion" sharafini himoya qilishi mumkin.
Bu haqda Fransiya klubi prezidenti Jan-Mishel Olyas ma'lum qildi. Olyasning so'zlariga ko'ra, kelishuv yaqin soatlar ichida amalga oshishi mumkin.
"Qirollik klubi" prezidenti Florentino peresning fikricha, Mariano o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun boshqa jamoada to'p tepishi kerak.
Oldinroq Mariano faoliyatini APLda davom ettirishi mumkinligi e'lon qilingandi.
Mariano so'nggi mavsum LaLiganing 8 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. U va "Real" o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal+