"Real" himoyachisi "Barselona"ga qarshi bahsda jarohat oldi va 1 oy maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2023, 22:15
"Real" himoyachisi Ferlan Mendi jarohat tufayli bir oyni o'tkazib yuboradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Mendi "Barselona"ga qarshi kechgan mavsumoldi turne o'yinida (0:3) sonidan jarohat oldi. "Real" himoyachisi birinchi taym oxirida almashtirilgan edi.

Mendining tiklanishiga bir oy vaqt ketadi. Shunday qilib, Fran Garsiya mavsum startida "Real"ning asosiy chap qanot himoyachisi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Managing Madrid