

Ma'lumotlarga ko'ra, Mendi "Barselona"ga qarshi kechgan mavsumoldi turne o'yinida (0:3) sonidan jarohat oldi. "Real" himoyachisi birinchi taym oxirida almashtirilgan edi.
Mendining tiklanishiga bir oy vaqt ketadi. Shunday qilib, Fran Garsiya mavsum startida "Real"ning asosiy chap qanot himoyachisi bo'ladi.



