"Real" Gonsalo bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirdi. Hujumchi asosiy jamoaga o'tkazildi

Alisher Ostonov
9 avg 2025, 14:14
"Real" Gonsalo Garsiya bilan shartnomani uzaytirdi.

21 yoshli forvardning yangi kelishuvi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Avvalroq, uning tovon puli 1 milliard evroga oshishi xabar qilingandi.

Gonsalo 2014 yilda 10 yoshida "Real"ga qo'shilgan va klubning yoshlar tizimida o'n mavsum o'tkazgan. U so'nggi ikki mavsumni "Kastilya"da o'tkazdi.

Ispaniyalik futbolchi 2023 yilning noyabr oyida madridliklarning asosiy jamoasida debyut qildi. Endi u "Real" asosiy tarkibining to'laqonli a'zosiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: realmadrid.com