"Real" Garnachoga qiziqmoqda. Madrid klubi MYUning 18 yoshli vingeriga yoqadi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2022, 11:24
Ispaniya chempioni "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Alexandro Garnachoga qiziqish bildirmoqda.

"Relevo" xabariga ko'ra, "Real" 2020 yilgacha "Atletiko" akademiyasida shug'ullangan 18 yoshli futbolchini kuzatib bormoqda.

Argentinalik o'yinchining shartnomasi uzaytirish bandi bilan 2024 yilgacha amal qiladi va "Manchester Yunayted" uni uzaytirmoqchi, ammo bu amalga oshguncha "Real" vaziyatni kuzatib boradi hamda Garnachoni qo'lga kiritishga harakat qiladi.

Aytishlaricha, vingerning o'zi "Real"ni yaxshi ko'radi.

18 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 3 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo