"Real" futbolchisi mashg'ulotda jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2019, 20:10
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio "Qirollik klubi"ning bugungi mashg'ulotida jarohat oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi mashg'ulot boshida oyog'ini shikastlab olganyu Asensio tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va uning safga qaytish muddati ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "Real" 31 yanvar kuni "Jirona"ga qarshi Ispaniya Kubogi chorak final uchrashuvida mehmon bo'ladi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi lik o'yin 4:2 hisobida madridliklarning g'alabasi bilan yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca