“Real” futbolchilari o'tgan mavsumdagi sovrinlar uchun 1 million evro bonusga ega bo'lishdi

29 noya 2017, 01:41
“Real” klubi 2016/17 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra futbolchilarni rag'batlantirdi.

Asosiy jamoa a'zolari o'tgan mavsumda qo'lga kiritilgan sovrinlar uchun 1 million evrodan mukofot pullarini olishdi.

Bundan tashqari asosiy jamoa vakillari va murabbiylar shtabi a'zolari  Rojdestvo bayrami munosabati bilan 110 ming evrodan mukofotga ega bo'lishdi. Ammo bu summaning 52 foizi soliqlar uchun ushlab qolinadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As