"Real" futbolchilari La Liganing joriy mavsumida eng ko'p chetlatildi

7 dek 2019, 22:29
Madridning "Real" klubi himoyachisi Ferlan Mendi "Espanol"ga(2:0) qarshi La Liga 16-turidagi uchrashuvda maydondan chetlatildi.

Shu tariqa Madrid klubi futbolchilari Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 10-marta chetlatildi. Bu "qirollik klubi" uchun 2005 yildan beri qayd etilgan eng yomon natija hisoblanadi.

Shuningdek, "Real" qizil kartochkalar borasida La Liga joriy mavsumida yetakchilik qilmoqda. Boshqa hech bir klub futbolchilari 6 martadan ortiq chetlatilmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru