"Real" Fransiya terma jamoasi xavbeki Tchuameniga qiziqmoqda va u bilan yozdayoq shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
12 okt 2021, 13:27
"Real" "Monako" va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelena Tchuameni uchun kurash olib bormoqda.

Madrid klubi rahbarlari 21 yoshli xavbekning harakatlarini anchadan beri kuzatishmoqda. "Monako" o'yinchi uchun 2020 yilning yanvarida "Bordo"ga 18 mln evro to'lagan.

"Real"ning yozdagi transfer maqsadi hujumchi Kilian Mbappe bo'ladi, ammo bir qator o'yinchilar, jumladan Isko, Marselo, Garet Beyllarning ketishini hisobga olsa, Tchuameni bilan shartnoma imzolash varianti istisno etilmayapti.

Yarim himoyachi uchun shuningdek "Yuventus" va "Chelsi" da'vogarlik qilmoqda. Uning shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca