"Real" Fabinoni tarkibiga qo'shib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
27 fev 2023, 13:53
Yarim himoyachi Fabino "Liverpul"dan "Real"ga ko'chib o'tishi mumkin.

Madrid klubi futbolchining bu mavsumdagi ishtiroki hamda "qizillar" tarkibni keskin yangilash niyatida va Fabino kelajak rejalariga kirmayotgani, yarim himoyachini Ispaniyaga olib ketishda qo'l keladi deb hisoblamoqda. Braziliyalik YCHLning muhim o'yinlarida maydonga tushgan, mahoratli futbolchi. 

Mavsum oxirida Luka Modrich hamda Toni Kroos "Real"ni tark etsa, "qaymoqranglilar"ga tajribali yarim himoyachi kerak bo'ladi. Shu sababli, "Madrid" Fabinoni tarkibiga qo'shib olish variantini o'rganmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fichajes.net