"Real" Evrokuboklar finaliga chiqish bo'yicha "Barselona"ning rekordini takrorladi

Aziz Tukhtamuradov
30 apr 2014, 08:46
Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final javob uchrashuvida Madridning "Real" jamoasi "Bavariya"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.

Shu tariqa, madridliklar 17-marotaba Evrokuboklarning finalida ishtirok etadigan bo'lishdi va "Barselona"ning rekordini takrorladilar.

Bu "Real" uchun Chempionlar Ligasidagi 13-final o'yini bo'ladi.

Undan tashqari madridliklar ikki martadan UEFA kubogi va Kubok egalari kubogi musobaqasining final o'yinida ishtirok etishgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru