"Real" Edegorni ortga qaytarmoqchi

Sherzod Nurmatov
25 sen 2025, 14:39
"Real" "Arsenal" hujumkor yarim himoyachisi va sardori Martin Edegorni kuzatib bormoqda.

Bu ma'lumotni insayder Ekrem Konur oshkor qildi.

"Real" kutilmagan yurish qilib, "Arsenal"dan Edegorni sotib olishi mumkin", – deb yozdi jurnalist ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

26 yoshli norvegiyalik futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasining 4 uchrashuvida qatnashdi.

Edegorning "Arsenal" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, xavbek 85 million evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur