"Real" "Chelsi" futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
6 noya 2021, 17:15
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Real" Ryudigerning Angliya klubidagi vaziyatini kuzatmoqda. Tomonlar hali 2022 yilning yozida yakunlanadigan bitimni uzaytirish borasida kelisha olishmayapti.

"Qirollik klubi" o'yinchini kelasi yozda tekinga qo'lga kiritmoqchi va u bilan bitimni yanvarda muhokama qilishga tayyor.

Antonio 12 million evro maosh olmoqchi va "Real" germaniyalik himoyachining talablarini qondirishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS