"Real" bugun salkam 80 millionlik transferni e'lon qiladi

Alisher
2 sen 2019, 11:12
Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini "Real"da davom ettiradi.

Xabar qilinishicha, Madrid klubi transferni bugun, yani transferlar oynasining so'nggi kunida e'lon qiladi.

Bitim narxi 64 million funt sterlingga baholanmoqda. Oldinroq, futbolchi "Tottenxem"ga o'tishga yaqin ekanligi, ammo transfer klublarning narx borasida kelisha olmaganligi sababli yakunlanmay qolgani haqida xabar qilingan edi.

Fernandeshning "Sporting" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil yozida o'z yakuniga etadi.

Futbolchi joriy mavsum 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN