"Real" "Borussiya" va "Barselona"ga qarshi bahslardan avval o'yin sxemasini o'zgartirgan edi, ammo...

Aslanov Jasurbek
21 okt 2024, 21:20
"Real" "Borussiya" hamda "Barselona"ga qarshi kechadigan muhim uchrashuvlar oldidan taktik sxemasiga o'zgartirishlar kiritdi.

"Selta"ga qarshi LaLiganing 10-tur o'yinida Madrid klubi to'pga egalik qilgan paytda Orelen Tchuameni ortga qaytishi bilan uch markaziy himoyachi paydo bo'ladigan variantga o'tdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa kelajakda bu sxemadan foydalanmaydigan bo'ldi. Tajriba omadsiz deb topildi va "Real" odatiy uslubda o'ynashda davom etadi.

Madridliklarning navbatdagi o'yini 22 oktyabr kuni "Borussiya"ga qarshi bo'lib o'tadi, 26 oktyabrda esa "Barselona"ga qarshi "El Klassiko"da maydonga tushishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca