"Real" Benzemaga yangi shartnoma taklif qildi

20 fev 2020, 23:00
Fransiyalik futbolchi 2023 yilga qadar "Bernabeu"da qoladi.

"Le Parisien" nashri xabariga ko'ra, "Real" forvardi Karim Benzema klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. "Qaymoqranglilar" rahbariyati 31 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasini (2021 yilga qadar mo'lajallangan) yana 2 yilga uzaytirib, o'zaro hamkorlikni 2023 yilga qadar davom ettirmoqchi.

Ma'lumot uchun, La Liganing joriy mavsumida 23ta o'yinda maydonga tushgan Benzema o'z hisobiga 13 gol, 6ta samarali uzatma yozdirib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Le Parisien