

Bu haqda Goal.com xabar berdi.
Klub sotishga tayyor bo'lgan futbolchilar ro'yxatida braziliyalik vinger Rodrigo ham bor. Hujumchi butun yozda jamoani tark etishi mumkinligi aytilmoqda, uning transferiga Angliyaning "Arsenal" va "Liverpul" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, ehtimoliy ketadigan o'yinchilar orasida Dani Sebalos, Ferlan Mendi, David Alaba va yosh hujumchi Endrik ham bor, ular katta ehtimol bilan tajriba orttirish uchun ijaraga yuboriladi.
"Real" futbolchilari tatildan qaytib, 4 avgust kuni mavsumoldi mashg'ulotlarda yig'iladi.



