

Biroq Madrid klubi "Manchester Yunayted"ning 70 mln. evrolik taklifini rad etdi.
Oldinroq "Real" rahbariyati futbolchini kamida 90 mln. evro evaziga sotishni ko'zlayotgani ma'lum qilingandi. Biroq Morataning agenti Xuanma Lopes narxni pasaytirish uchun ayni damda Madridda muzokaralar o'tkazmoqda.
Ingliz OAVning taxminlariga ko'ra, "Real" forvardni 75-80 mln. evroga sotishi mumkin.



