"RB Leyptsig" yangi darvozabon topdi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2017, 12:01
"RB Leyptsig" klubi Shveytsariyaning "Yang Boyz" klubi posboni Ivon Mvogoni sotib oladi.

Mvogo "RB Leyptsig" bilan to'rt yillik shartnoma tuzdi.

"Bu klubga o'tish men uchun oldinga tashlangan qadam bo'ladi. Ammo "Yang Boyz"ni tark etish ham og'ir. Mavsumni yaxshi tugatish uchun bor kuchimni beraman", - deydi Mvogo.

Bu mavsumda 22 yoshli kamerunlik darvozabon "Yang Boyz" safida 38ta o'yinda maydonga tushib 54ta gol o'tkazdi, 12ta uchrashuvda u o'z darvozasidan gol o'tkazmagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bscyb.ch