Rayola De Ligtning ketishiga shama qildi

Оқил Абдубарноев
19 dek 2021, 22:52
Ko'rinishidan "Yuventus"ning so'nggi bir necha mavsumdagi yomon o'yinlari himoyachi Matteys de Ligtning kelajagi to'g'risidagi qaroriga ta’sir qilgan.

Hozirda niderlandiyalik futbolchi Turin klubini o'z ambiciyalariga mos keladigan joy sifatida ko'rmayapti.

Futbolchining ketishi mumkinligiga uning agenti Mino Rayola ham shama qilgan. U futbolchining niyatini tasdiqladi.

"U keyingi qadamni tashlashga tayyor. Buni o'zi ham tushunib turibdi", - deya izoh berdi Rayola.

Eslatib o'tamiz, avvalroq turli OAVlarda de Ligtga "Chelsi", "Bavariya" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: NRC