Rayola "Barselona" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

Mirjalol Normatov
5 avg 2018, 14:28
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Barselona"ga o'tishi mumkin.

"Daily Star" xabariga ko'ra, futbolchining agenti Mino Rayola francuzning transferi borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda. Agent MYU rahbarlarini futbolchini sotib yuborishga ko'ndirishga urinmoqda.

Futbolchining transferi 100 mln evro bo'lishi mumkin. Oldinroq Pogba "Barselona"da 8-raqamni tanlab qo'ygani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star