

Intervyu mobaynida Ravshan Akmalovich terma jamoaning saralashdagi muvaffaqiyati haqida gapirgan hamda U-22 Osiyo chempionati qishda bo'lib o'tishidan xavotirda emasligini aytgan.
Ma'lumki, mazkur musobaqa kelasi yilning yanvar oyida Xitoyda bo'lib o'tadi. Noyabrda bizda mavsum tugaydi, yanvarda futbolchilar endi-endi yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lishadi. Osiyo chempionati esa 9-27 yanvar kunlari o'tkaziladi.
Ravshan Haydarov bu borada shunday fikr bildirgan: "Bunday musobaqa qishda birinchi marta bo'layotgani yo'q. Bizda qishning bu paytida o'ynash bo'yicha xalqaro tajriba bor va bundan xavotirda emasmiz. Yanvargacha futbolchilarni tez-tez yig'ib mashg'ulot va o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazib turamiz".



