Raul: "Yana "Real" tarkibida o'ynaganimdan xursandman, hammaga rahmat!"

23 avg 2013, 10:45
Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Raul "qirollik klubi" rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
Kecha Raul Santyago Bernabeu sovrini uchun bo'lgan o'yinda maydonga tushdi. U bir taym o'zining sevimli "Real"i tarkibida o'ynagan bo'lsa, bir taym hozirgi klubi "Al-Sadd" safida harakat qildi.

"16 yil davomida men "Real" sharafini himoya qidim. Bugun men odamlarning menga nisbatan muhabbatini, mehrini his etdim. Men ulr oldida doim qarzdorman. Ushbu stadionda yana bir o'ynashni juda ham istagandim. Hammaga raxmat! Yana bir bor o'zimni "Real" futbolchisi sifatida his qildim. Bu mutlaqo boshqacha, o'ziga xos bir tuyg'u", dedi Raul.

Manba: championat.com