Raul – "Bayer" murabbiyligiga nomzodlardan biri

Aslanov Jasurbek
3 sen 2025, 13:41
Raul "Bayer"ni boshqarishi mumkin.

Dushanba kuni nemis klubi Erik ten Xagni bosh murabbiylik vazifasidan bo'shatganini e'lon qildi.

Marca ma'lumotlariga ko'ra, "Bayer"ning "short listi"ga uch nomzod kiritilgan: Raul, Edin Terzich va Marko Roze.

Raul "Real"ning yoshlar jamoasini 6 yil davomida boshqargan va shu yilning may oyida uni tark etdi. Terzich 2022 yildan 2024 yilgacha Dortmundning "Borussiya"sini boshqargan. Rozening so'nggi klubi (2022 yildan 2025 yilgacha) "RB Leyptsig" bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca