Rasmiy xabar: Sunnatilla Abdullajonov "Neftchi"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2022
Yangi mavsumga tarkibni shakllantirish borasida selekciya ishlarini olib borayotgan "Neftchi" PFK murabbiylar shtabi bugun navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Faoliyati davomida "Bunyodkor"," Qizilqum", "Andijon" va "Turon" kabi klublarda to'p tepgan tajribali yarim himoyachi Sunnatulla Abdullajonov "Neftchi" bilan rasmiy shartnomaga imzo chekdi.

"Neftchi" futbol klubi va ko'p ming sonli muxlislari nomidan Sunnatulla Abdullajonovning jamoamizdagi faoliyatiga ulkan zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz, - deb xabar bermoqda "Neftchi"  matbuot xizmati.


 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia