Rasmiy xabar: Sergey Lushchan o'z arizasiga ko'ra iste'foga chiqdi

Narzulla Saydullayev
6 noya 2020, 14:55
Pro liga yakuniy bosqich 15-turi doirasidagi Dinamo - Turon (1:2) uchrashuvidan keyin Dinamo klubi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan o'z arizasiga ko'ra, lavozimini tark etdi. Yordamchi murabbiy Muhiddin Ortiqov ham klub bilan do'stona xayrlashdi.

Dinamo PFK jamoasi klubdagi faoliyati va hamkorlik uchun har ikki mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatiga omad tilab qoladi.

Klub rahbariyati bosh murabbiy masalasida aniq qarorga kelgach, bu haqda ma'lum qilinadi.

Ma'lumot uchun, Sergey Lushchan 11 iyul kuni Dinamo klubi bosh murabbiyi sifatida ish boshlagandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz