Rasmiy xabar: Mishi Batshuayi Chelsi bilan 5 yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2016, 19:13
Marsel hujumchisi Mishi Batshuayi Chelsiga ko'chib o'tdi.

Belgiyalik futbolchi London klubi bilan besh yillik shartnoma tuzdi. Oldinroq 22 yoshli futbolchining transferi 40 million evroga tushishi haqida xabarlar chiqqandi.

O'tgan mavsum Fransiya chempionatida hujumchi 36ta o'yinda 17ta gol urdi va 11ta golli pas oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: chelseafc.com