Rasmiy xabar: Eshpiritu Santu "Vulverxempton"dan ketadi

Mirjalol Normatov
21 may 2021, 22:08
"Vulverxempton" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoadan ketadi.

"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin Santu uchun "bo'rilar" boshqaruvidagi so'nggi bahs bo'ladi. 47 yoshli Santu "Vulverxempton"ni 4 yil boshqardi. Uning qo'l ostida jamoa Chempionshipdan APLga chiqdi va ketma-ket 2 mavsum davomida 7-o'rinni egalladi.

Ushbu mavsumda esa "Vulvz" APLning 12-jamoasi bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: wolves.co.uk