

O'tgan mavsum bu jamoa safida Jasur Yaxshiboev, Shahboz Umarov va Humoyunmirzo Iminov kabi o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepishgandi.
Bu yil yozgi transfer oynasi vaqtida ikki nafar o'zbekistonlik hujumchilar Shahzod Ubaydullaev va Bobir Abdixoliqov ushbu klub safini to'ldirdi.
Ma'lumotlarimizga ko'ra, yaqindagina rahbariyat tomonidan "Energetik-BGU" oldiga mavsumni kuchli uchlikda yakunlash vazifasi qo'yilgan. Mana shu vazifani bajarish uchun klub o'zbekistonlik ikki hujumchini o'z safiga chorladi.
Ma'lumot uchun, "Energetik-BGU" ayni paytda Belarus chempionatining eng yosh jamoasi hisoblanadi. Klubning o'rtacha yoshi 22,7ga teng. "Energetik-BGU"ning maqsadi yosh futbolchilarni o'ynatib ularni yanada kuchliroq klublarga transfer qilish hisoblanadi. O'tgan yil klub Ilya Shkurinni Moskvaning SSKA, Jasur Yaxshiboevni Soligorskning "Shaxtyor" klublariga transfer qilgandi.





