

Xabaringiz bor, jamoa davralar oralig'ida Minskda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazdi. Yig'in davomida uch nafar xorijlik futbolchi ko'rikdan o'tdi. Ularning ikki nafari bilan shartnoma imzolandi. Bular - rossiyalik Dmitriy Ostrovskiy va ukrainalik Evgeniy Chumak.
Har ikkala futbolchi ham yarim himoyada harakat qiladi, faqat biri qanotda, ikkinchisi markazda. Dmitriy Ostrovskiy 21-raqamda harakat qilsa, Evgeniy Chumakka 24-raqamdagi libos topshirildi.
DMITRIY OSTROVSKIY
Tug'ilgan sanasi: 15.04.1998
Fuqaroligi: Rossiya
Ampluasi: Qanot yarim himoyachisi
Faoliyati: Ararat (Armaniston, 2016-2017), Oloy (Qirg'iziston, 2017-2018).

EVGENIY CHUMAK
Tug'ilgan sanasi: 25.08.1995
Fuqaroligi: Ukraina
Bo'yi: 181 sm. Vazni: 73 kg
Ampluasi: yarim himoyachi
Faoliyati: Dinamo (Ukraina, 2012-2016), Goverla (Ukraina, 2015), Torpedo-BelAZ (Belorus, 2016), Zvezda (Ukraina, 2016), Karpati (Ukraina, 2016), Dnyapro (Belorus, 2017), Desna (Ukraina, 2018), Shevardeni (Gruziya, 2019).
UKRAINA TERMA JAMOASI
2012-2013 Ukraina (u-18) 8 (0)
2013-2014 Ukraina (u-19) 10 (0)
2014-2015 Ukraina (u-20) 9 (1)
2014-2016 Ukraina (u-21) 6 (2)




