Rasman: Xvicha - PSJ futbolchisi!

Mirjalol Normatov
18 yanv 2025
PSJ matbuot xizmati Xvicha Kvaratsxeliyaning transferini e'lon qildi.

23 yoshli futbolchi "Napoli"dan PSJga o'tdi. Shartnoma 2029 yil yoziga qadar mo'ljallandi.

Oldinroq berilgan ma'lumotlarga qaraganda, Xvichaning transfer narxi 70 mln evroga baholangan. U Parij klubi safida 7-raqamda o'ynaydi.

Gruziyalik futbolchi ushbu mavsumda 17 marta maydonda ko'rinish berdi va 5ta gol hamda 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/PSG_inside