

Bu haqda san-sebastyanliklarning twitter'dagi rasmiy sahifasi xabar beradi.
37 yoshli Alonso futboldagi professional faoliyatini aynan sosedadliklar safida boshlagandi. 2017 yilda butsalarini mixga ilgan xavbek, o'tgan yilning yozida Realning yoshlar (U-14) jamoasida murabbiy sifatida ish boshlagandi.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso Ispaniya terma jamoasi hamda Liverpul, Real hamda Bavariya klublari safida umumiy 18ta sovrinni qo'lga kiritgandi. Shuningdek, u GQ jurnali talqiniga ko'ra 2011 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.




