Rasman: Timur Kapadze - O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi!

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2025, 20:03
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun bir qator nomzodlarni o'rganib chiqdi va tahlil qildi.

Eshitdik-da! O'zbekiston MTJning yangi murabbiyi ertaga Qatarga uchib ketadi

Mahalliy va xorijlik tajribali mutaxassislar bilan muzokaralar o'tkazdi. Shu bilan birga, murabbiylar kengashi tomonidan taqdim etilgan tavsiyalar ham batafsil ko'rib chiqildi.

Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi o'yinlariga oz vaqt qolganini hisobga olib, jamoa va futbolchilar bilan yaqindan tanish bo'lgan, uzoq yillar davomida milliy terma jamoa safida to'p tepgan hamda bosh murabbiy va yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan, shuningdek, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan tarixiy natijaga erishgan Timur Kapadze nomzodi ilgari surildi. Hozirgi yuzaga kelgan holatda O'FA aynan Kapadzening murabbiylik istedodi, mas'uliyati, jamoa a'zolari orasida mavqei, qolaversa doimo yuqori maqsad sari intilish kabi jihatlari orqali muhim uchrashuvlarda ijobiy natija ko'rsatishiga ishonadi.

Ayni kunlarda O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatarda yig'in o'tkazmoqda. Timur Kapadze ushbu yig'inga qo'shilib, jamoa boshqaruvini qo'lga oladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати