Rasman: Shukron Yo'ldoshev – "Lokomotiv" a'zosi

Sherzod Nurmatov
10 dek 2024
"Lokomotiv" yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish maqsadida transferlarga kirishdi.

O'tgan mavsum "Olimpik" sharafini himoya qilgan 22 yoshli darvozabon Shukron Yo'ldoshev "temiryo'lchilar" bilan shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, Shukron Yo'ldoshev 2002 yil 21 aprelda tug'ilgan. Bungacha 2021-2024 yillar mobaynida "Olimpik" safida barcha musobaqalarda 29 ta o'yin o'tkazgan.

Avvalroq "Eshitdik-da!" rukni ostida "Olimpik" darvozaboni Toshkent klubiga o'tayotganini ma'lum qilgan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати