Rasman: "Sevilya" futbolchisi Qatar klubiga o'tdi

Alisher
12 iyun 2019, 10:55
"Sevilya" klubi rasmiy "Twitter" sahifasi himoyachi Gabriel Merkadoning jamoadan ketganini e'lon qildi.

32 yoshli argentinalik futbolchi Qatarning "Al-Rayyan" klubi futbolchisiga aylandi.

- Yangi sarguzashtlarda senga omad, Gabi, - deyiladi "qizil-oqlar" xabarida.

Merkado 2016 yil Argentinaning "River Pleyt" jamoasidan "Sevilya" tarkibiga kelib qo'shilgan edi. Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assistga erishdi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SevillaFC_ENG