Rasman: "Roma" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Administrator
18 sen 2024, 22:04
Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" klubiga o'ziga yangi ustoz tayinladi.

Xorvatiyalik Ivan Yurich rasman "Roma" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda "Roma" klubi rasmiy sahifalari ma'lum qildi. Yurich bilan 2025 yilning 30 iyun sanasiga qadar shartnoma imzolandi.

Eslatib o'tamiz, bugun tongda "Roma" klubi rasman Daniele De Rossini iste'foga chiqargandi.

Ma'lumot uchun, Ivan Yurichning so'nggi ish joyi "Torino" klubi bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Рома" клуби матбуот хизмати