Rasman. “Roma” bosh murabbiyi shartnomani uzaytirdi

Aziz Tukhtamuradov
19 iyun 2018, 00:38
Rimning “Roma” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga muvaffaq bo'ldi.

Yangi kelishuv 2020 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Di Franchesko murabbiyligidagi “bo'rilar” yakunlangan mavsumda A Seriyada uchinchi o'rinni egalladi, YCHLda “Barselona”ni mag'lub etgani holda yarim finalga qadar yetib bordi. 

“Ochig'i, “Roma” bilan ishlashda davom etishimdan xayratdaman. Klub rahbarlari menga ishonch bildirganlaridan xursandman. Ana shu ishonchni oqlashga harakat qilaman”, - dedi Di Franchesko.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif