Rasman: "Real" tarbiyalanuvchisi "Lester"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2016, 17:18
Xixonning "Sporting" klubi himoyachisi Luis Ernandes faoliyatini "Lester Siti"da davom ettiradi.

Bu haqda "tulkilar"ning rasmiy sayti e'lon qildi.

27 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bitim 2016 yilning 1 iyulidan kuchga kiradi. Ernandes "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia