Xixonning "Sporting" klubi himoyachisi Luis Ernandes faoliyatini "Lester Siti"da davom ettiradi.
Bu haqda "tulkilar"ning rasmiy sayti e'lon qildi.
27 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bitim 2016 yilning 1 iyulidan kuchga kiradi. Ernandes "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.