"Malaga" himoyachisi: "Barsa" gol urishidan oldin to'p maydondan chiqib ketgandi" (FOTO)

Aslanov Jasurbek
22 okt 2017, 17:43
"Malaga" himoyachisi Luis Ernandes "Barselona"ga qarshi bahsda (0:2) Jerar Deulofeuning golini hisobga olgan hakam Pablo Fuertesaning qaroridan g'azablandi.

Kataloniyaliklar Lyuka Din chap qanotda Deulofeuga o'zatma berganidan so'ng hisobni ochishdi, ammo to'p maydonni tark etib bo'lgandi.

"To'p maydonni tark etib bo'lgandi. Yana hakam qaroridan aziyat chekyapmiz.

Hakamlarning ishi og'irligi haqida doimo aytganman, ammo "Eybar"ga qarshi o'yinda ofsayddan gol o'tkazdik, keyin "Valensiya"dan. To'qqizta o'yinning oltitasida hakamlarning xatosi tufayli darvozamizdan to'pni olib chiqdik" - deydi Ernandes.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru