Rasman: "Qizilqum" shimoliy makedoniyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2023, 18:24
Superilganing ikkinchi davrasiga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan "Qizilqum" jamoasi navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Navoiy klubi Marko Simonovskiy rasman jamoa a'zosiga aylanganini ma'lum qildi.

Makedoniya Kubogi sohibi, markaziy hujumchi Marko Simonovskiy faoliyati mobaynida "Metallurg" Skope (Makedoniya), "Vardar" (Makedoniya), "Amkar" (Rossiya), "Split" (Xorvatiya), "Jetisu" (Qozog'iston), "Shaxtyor" (Qozog'iston), "Laxti" (Finlandiya), "Voluntari" (Ruminiya), "Shepshi" (Ruminiya), "Drita" (Kosovo) kabi jamoalarda o'ynagan.

Avvalroq 31 yoshli futbolchi "Paxtakor"ga qarshi nazorat uchrashuvida harakat qilgani va katta ehtimol bilan ikkinchi davrani navoiyliklar tarkibida o'tkazishi haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати